Targetto

Targetto

"Lid emas — sotuv": Meta Ads analitikasi, lid CRM va sotuv kabineti — har bir so'm reklamadan to'langan buyurtmagacha kuzatiladi.

Mijoz
Targetto
Rol
Full-stack muhandis va texnik yetakchi
Davr
avg, 2026
Texnologiyalar
TypeScriptReact 19TanStack StartTanStack RouterTailwind 4shadcn/uiPostgreSQL 16better-authMeta Marketing APIMeta CAPITelegramBunDockerDokploy

Muammo

Targetolog arzon lid ko'rsatadi, biznes esa sotuvni ko'rmaydi; Meta qaysi lid yaxshi ekanini bilmaydi.

Yechim

Reklama → lid → sotuv zanjirini bitta bazaga yig'ish va sifat signallarini CAPI orqali Meta'ga qaytarish.

Natija

targetto.uz ishlab turibdi: 550+ commit, Meta App Review uchun tayyor, to'liq o'zbek interfeys.

Targetologlar va ularning mijozlari faqat Meta tomonidagi raqamlarni ko'radi — arzon CPL, lekin qaysi lid sotuvga aylangani noma'lum. Lidlar Google Sheets va Make.com oqimlarida tarqoq, Meta algoritmi esa qaysi lid yaxshi ekanini hech qachon bilmaydi.

Targetto reklama xarajati, lid sifati, sotuvchilar va daromadni bitta ROAS ko'rinishiga ulaydi. Facebook login orqali reklama akkauntlari loyiha sifatida import qilinadi, kampaniyalar va kreativlar sinxronlanadi. Lidlar Meta leadgen webhook (imzo tekshiruvi bilan), Google Sheet CSV, qo'lda kiritish va polling orqali keladi, UTM va ID bo'yicha kampaniyaga biriktiriladi. Instant Form → Telegram yo'naltirish Make.com o'rnini bosdi.

"Reklama shifokori" CPL, CPQL, CPA, ROAS, CTR, CPM'ni faqat yig'indilardan hisoblaydi (CI skripti buni majburlaydi), kreativ charchashi, Pareto 80/20, byudjet tezligi va issiqlik xaritalarini ko'rsatadi. Signal markazi Meta CAPI'ga Lead, QualifiedLead, Purchase hodisalarini navbat orqali yuboradi. Sotuv moduli: mahsulotlar, buyurtmalar, bo'lib to'lash, PIN-kabinetli sotuvchilar, reyting, davomat; mijozlar uchun ochiq hisobot havolasi va Telegram dayjestlar.

Loyiha Lovable/Supabase prototipidan o'zimizning Postgres + better-auth arxitekturasiga ko'chirildi, CI eski Supabase kodini deploy qilishni bloklaydi. Realtime Postgres LISTEN/NOTIFY → SSE orqali, tokenlar AES-256-GCM bilan kalit rotatsiyasi bilan shifrlangan.

Keyingi loyiha
Weel Booking